Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Tadbirkorlik subyektlarida yangi soliq tartiblari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, Kengashning Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi X.Abdullayev, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adxamov hamda Qo‘qon shahar Soliq inspeksiyasining “Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash” bo‘limi katta inspektori Sh.Mamedov ishtirokida shaharda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish “Fajr” mas’uliyati cheklangan jamiyati misolida tashkil etilib, tadbirkorlik subyektlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida belgilangan yangi tartiblarning amaliy ijrosi ko‘zdan kechirildi.

Xususan, 2026-yil 1-iyuldan boshlab savdo va xizmat ko‘rsatish jarayonlarida QR-kod orqali to‘lovlarni amalga oshirish tizimini joriy etish, mazkur tartibning amaliy qo‘llanilishi hamda tadbirkorlarga yaratilgan soliq imtiyozlaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyekti rahbari bilan uchrashuv davomida yangi soliq tartiblarining mazmun-mohiyati, ularni amaliyotga samarali tatbiq etish, elektron hisob-kitob tizimlaridan foydalanish hamda soliq qonunchiligiga rioya etish yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida tadbirkorlik subyektlariga amaldagi soliq qonunchiligi talablariga qat’iy rioya etish, raqamli to‘lov tizimlaridan samarali foydalanish hamda davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlardan oqilona foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3