Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida "Shikorbegi" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tadbirkor tomonidan barpo etilayotgan tekstil korxonasida qurilish ishlari bilan yaqindan tanishildi.

Xususan, korxona qurilishining borishi, loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, qurilishning belgilangan muddatlarda olib borilishi hamda ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi.

Shuningdek, loyiha hujjatlari ko‘zdan kechirilib, qurilish jarayonining tasdiqlangan loyiha asosida olib borilishi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanishi va investitsiya loyihasining amalga oshirilish holati yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida loyihani o‘z vaqtida va sifatli yakunlash, hududda yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda hududiy dasturlarda belgilangan vazifalarning to‘liq ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4