Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Qonun targ‘iboti bo‘yicha seminar uchrashuvi o‘tkazildi.

#_162_qonun

Qonun targ‘iboti bo‘yicha seminar uchrashuvi o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati 10-At Termiziy saylov okrugi deputati Kabulova Ra'no Irkinovna tomonidan tuman Xalq banki xodimlari ishtirokida seminar-uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ–360-son Qonunining mazmun-mohiyati, byudjet tizimini takomillashtirish, davlat moliyasini boshqarishning huquqiy asoslari hamda byudjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, qonunchilikda belgilangan byudjet jarayonlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, davlat moliyaviy nazoratining ahamiyati hamda mazkur sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumotlar yetkazildi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar qaytarilib, qonunning amaliyotdagi ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 1