Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Vobkentda “Yaxshilik marafoni”: mehr, eʼtibor va amaliy yordam

OʻzLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida oʻtkazilayotgan “Yaxshilik marafoni” aksiyasi oʻzining mazmun-mohiyati bilan mahalliy kengash deputatlari, partiyaning asosiy elektorati boʻlgan tadbirkorlik sohasi vakillari, shuningdek, yoshlar va volontyorlarning aholiga bevosita yordam koʻrsatishdek ezgu ishlarga keng jalb etilishi bilan ahamiyatlidir.

💡Shu munosabat bilan OʻzLiDeP Vobkent tumani kengashi masʼuli B.Odilov, tuman Kengashi deputati B.Boboqulov tashabbusi bilan Vobkent tumanida tashkil etilgan marafon doirasida hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi. Ayniqsa, nogironligi boʻlgan shaxslar hamda yolgʻiz keksalarga alohida eʼtibor qaratildi.

👨‍🦽Tadbir davomida tumandagi “Vobkent”, “Kulolchi” va “Guliston” MFYlarda istiqomat qiluvchi yolgʻiz keksalar hamda imkoniyati cheklangan shaxslar holidan xabar olinib, amaliy yordamlar berildi.

📌Xulosa qilib aytganda, “Yaxshilik marafoni” partiyaviy dastur doirasidagi eng muhim aksiyalardan biri sifatida aholining ehtiyojmand qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash va ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan ezgu tashabbus ekanini yana bir bor namoyon etmoqda.
 

Slide 1 of 4