Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
“Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi X.Xazratova, doimiy komissiyalarga biriktirilgan vakil hamda Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi G.Mirzayevalar ishtirokida 1-Nurobod saylov okrugiga qarashli Amir Temur mahallasida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil
16-sentabrdagi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-407-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

✏️O‘rganish davomida mahallada jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash hamda ichki ishlar organlari va mahalla fuqarolar yig‘ini o‘rtasidagi hamkorlikning amaliy holati tahlil qilindi.

💬Shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarning ijrosini yanada takomillashtirish, aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda takliflar ishlab chiqildi.

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi tomonidan qonun hujjatlari ijrosi ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirish, hududlarda mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3