Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunining tumandagi ijrosi ta’minlanishi holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

👥 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi ta’minlanishi holatini o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

🏥 Navbatdagi o‘rganish Bag‘dod tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada olib borildi. O‘rganish jarayonida qonun hamda ushbu sohani tartibga soluvchi qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi, reproduktiv salomatlik xizmatlarini tashkil etish, tegishli hujjatlar yuritilishi va amaliy faoliyat holati tahlil qilindi.

📋 O‘rganish natijasida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi talablariga muvofiq erkaklarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish, ularning profilaktik tibbiy ko‘riklarini tashkil etish, maslahat va tibbiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi aniqlandi.

O‘rganish ishlari davom etmoqda.

Slide 1 of 8