Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
SESSIYA OLDIDAN HUDUDDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI

 SESSIYA OLDIDAN HUDUDDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi Deputati Sh.Jo‘rayev hamda kotibiyat bosh
mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun
tartibiga kiritiladigan masala doirasida “Farg‘ona tozalik sanitar servis” MChJ
tuman filiali tomonidan mahallalarda olib borilayotgan ishlar holatini
o‘rganish maqsadida Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘rganish
ishlari olib borildi.


O‘rganish jarayonida asosiy e’tibor maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib
chiqish ishlarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, chiqindi tashish
grafiklariga rioya etilishi, ko‘chalar va umumiy foydalanish hududlarining
sanitar holatiga qaratildi.


Mahalla fuqarolari bilan muloqotlar o‘tkazilib, ularning chiqindi xizmatlari
sifati, xizmat ko‘rsatish davriyligi hamda sohada mavjud muammolar yuzasidan
fikr va takliflari tinglandi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar va
takliflar atroflicha o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar hamda hal etilishi
lozim bo‘lgan masalalar “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga kiritildi. Shuningdek, mazkur masalalarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va
tavsiyalar shakllantirildi.


O‘rganish natijalari bo‘yicha tayyorlangan ma’lumotlar tuman Kengashining
navbatdagi sessiyasida muhokama qilinib, sohadagi mavjud kamchiliklarni
bartaraf etish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash
yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni belgilash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 3