Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘ZIGA BIRIKTIRILGAN «BANKLAR VA BANK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA»GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda 2-“Yoshlik” saylov okrugidan saylangan deputat, doimiy komissiya raisi Abduvoxidov Shuxrat Abduxamidovich tomonidan deputatlik nazorati doirasida o‘ziga biriktirilgan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning ijrosi yuzasidan “Mikrokreditbank” ATB Parkent bank xizmatlari markazida o‘rganish ishlari olib borildi.O‘rganish davomida mazkur qonun talablarining amaliyotdagi ijrosi, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifati, mijozlar huquqlarini himoya qilish, xizmatlar ochiqligi va shaffofligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.Jarayon davomida bank rahbariyati vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, qonun ijrosini ta’minlash maqsadida ko‘rilayotgan amaliy choralar, aholiga zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish, yangi qonunchilik talablarini amaliyotga tatbiq etish hamda ichki nazorat tizimining samaradorligi yuzasidan ma’lumotlar olindi.Shuningdek, bank xodimlari bilan muloqot qilinib,ularning xizmat faoliyati, ish jarayonida uchrayotgan muammolar, mavjud imkoniyatlar hamda kelgusidagi rejalar muhokama etildi.O‘rganish yakunida deputatlar tomonidan qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish, bank xizmatlari sifatini oshirish,mijozlarga yaratilayotgan qulayliklarni kengaytirish hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.  

Slide 1 of 5