Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI MUAMMO NAZORATGA OLINDI

📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Dilshod Qo‘shnazarov tomonidan “Xorazm suv ta’minoti” AJ Shovot tumani filiali boshlig‘iga deputat so‘rovi yuborildi.
🔎 O‘rganishlar davomida tumandagi “Madaniyat” suv tarqatish inshooti hududi to‘liq o‘rab olingani, biroq obyektga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari ishchi holatda emasligi aniqlandi.
⚠️ Mazkur holat ichimlik suvi ta’minoti obyektining xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi hamda aholini sifatli va xavfsiz ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash jarayonida muammolar yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.
⏳Qonunchilikka muvofiq, deputat so‘roviga yozma javob belgilangan muddatda taqdim etilishi lozim.
🤝 Fuqarolar manfaatlarini himoya qilish va hududdagi muammolarni bartaraf etishda deputatlik nazorati davom etmoqda.