Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Mahallani obodonlashtirish ishlari va mahalla binosini qayta qurish taklifi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashida O‘zbekiston Adolat sotsial demokratik partiyasidan saylangan deputat T.Mirsidiqov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga asosan tumanning “Xumson” mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarining borishi hamda mahalla fuqarolar yig‘ini binosini qayta qurish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va loyihalar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida aholi uchun qulay va obod muhit yaratish, ichki ko‘chalarni tartibga keltirish, yashil hududlarni kengaytirish, tashqi yoritish tizimini yaxshilash hamda infratuzilma obyektlarining holati ko‘zdan kechirildi.

Tashrif doirasida mahalla fuqarolar yig‘ini binosining mavjud holati ham atroflicha tahlil qilindi. Binoning texnik holati, xizmat xonalarining aholiga xizmat ko‘rsatish talablariga qay darajada javob berishi, fuqarolarni qabul qilish uchun yaratilgan shart-sharoitlar baholandi.

Slide 1 of 3