Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
🔰Muammolar nazoratga olindi.

🔸Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Sh.Murodova tomonidan “Madaniyat” MFYda istiqomat qiluvchi kam taʼminlangan, kambag‘al oilalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning. Shuningdek, nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati uyma-uy yurib o‘rganib chiqildi.

🔸Xususan, fuqaro Z.Yangazovaning ijtimoiy holati ko‘zdan kechirilganda, uning onkologik kasallik bilan kurashayotgani maʼlum bo‘ldi. Hozirgacha og‘ir jarrohlik operatsiyasini boshdan kechirgan bemorga shifokorlar tomonidan yana 25 marotaba kimyo terapiya (ximiya terapiya) muolajasini olish belgilangan. Bu esa oila uchun katta moddiy va maʼnaviy ko‘mak talab etadi.

🔸Shuningdek fuqaro X.Fozilovaning xonadoniga tashrif buyurilganda, xonadon sohibasining qizi Turkiya davlatiga ishlashga ketganligi sababli, 2 nafar voyaga yetmagan nabira buvining qaramog‘ida qolganligi aniqlandi. Eng achinarlisi, nabiralardan biri ayni paytda jiddiy davolanishga muhtoj.

🔸Deputatlik nazorati doirasida “Madaniyat” mahallasidagi kam taʼminlangan va ko‘makka muhtoj har bir fuqaroning muammosi to‘liq hal etilgunga qadar tizimli ishlar davom ettiriladi.

👉Bizga obuna bo‘ling: https://t.me/JizzaxshaharKengashi 

Slide 1 of 3