Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
O‘zbekiston milliy terma jamoasiga omad tilaymiz!

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga omad tilaymiz!

2026-yilgi FIFA Jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasining munosib ishtiroki barchamiz uchun ulkan faxr va cheksiz quvonch manbaidir.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi yurtimiz sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilayotgan milliy terma jamoamiz a’zolariga samimiy tilaklarini bildirib, ularga kuch-g‘ayrat, omad va yuksak zafarlar tilaydi.
Ishonamizki, futbolchilarimiz o‘zlarining matonati, jipsligi, fidoyiligi va yuksak mahorati bilan muxlislarimiz ishonchini oqlab, Vatanimiz bayrog‘ini yanada baland ko‘taradilar hamda O‘zbekiston nomini dunyo arenalarida munosib namoyon etadilar.

Shu munosabat bilan barcha yurtdoshlarimizni ushbu tarixiy sport voqeasi bilan tabriklaymiz hamda milliy terma jamoamizni birlashgan holda qo‘llab-quvvatlashga chorlaymiz.

🇺🇿 OLG‘A, O‘ZBEKISTON! 🇺🇿
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi milliy terma jamoamizga Jahon chempionatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!