Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
MUNOSABAT:Huquqiy axborotdan foydalanish huquqiy madaniyatni yuksaltirishning muhim omilidir.

MUNOSABAT:Huquqiy axborotdan foydalanish huquqiy madaniyatni yuksaltirishning muhim omilidir.

O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 7-sentabrda qabul qilingan “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-443-sonli Qonuni fuqarolarning huquqiy axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi muhim huquqiy asos hisoblanadi.

Mazkur Qonunning mohiyati yuzasidan Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati S.Yuldosheva o‘z munosabatini bildirib shunday dedi.Bugungi kunda fuqarolarning o‘z huquq va majburiyatlarini bilishi, amaldagi qonunchilikdagi o‘zgarishlardan xabardor bo‘lib borishi jamiyat taraqqiyotining muhim shartlaridan biridir. O‘RQ-443-sonli Qonun aynan shu maqsadga xizmat qilib, aholining ishonchli va tezkor huquqiy axborotga ega bo‘lish imkoniyatlarini kengaytirdi.

Huquqiy axborotning ochiqligi va ommabopligi fuqarolarning davlat organlari faoliyatidan xabardor bo‘lishiga, o‘z manfaatlarini qonuniy himoya qilishiga hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishiga xizmat qiladi. Ayniqsa, yoshlar o‘rtasida huquqiy bilimlarni targ‘ib qilish va qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir."

Qonun fuqarolarga nima beradi?
✔️Huquqiy axborotdan erkin foydalanish imkoniyati.
✔️Qonunchilikdagi yangiliklardan o‘z vaqtida xabardor bo‘lish.
✔️O‘z huquq va manfaatlarini qonuniy himoya qilish uchun zarur bilimlarga ega bo‘lish.
✔️Jamiyatda huquqiy madaniyat va qonunga hurmat hissining mustahkamlanishi.Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputatlari tomonidan mazkur Qonunning mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda huquqiy axborotdan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish borasidagi ishlar ustuvor vazifadir.