Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILAYOTGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTATLIK NAZORATI O‘TKAZILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 13-«Istiqbol» saylov okrugidan saylangan deputat, doimiy komissiya raisi Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi
rejalashtirilayotgan masala yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshirildi.Nazorat tadbiri davomida Parkent tumanidagi 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” dasturining ijrosi o‘rganildi. Xususan, maktab qoshida tashkil etilgan yozgi sog‘lomlashtirish oromgohida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish uchun yo‘lga qo‘yilgan fan va sport to‘garaklari faoliyati deputat tomonidan joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.Shuningdek, deputat tomonidan ta’lim muassasasining obodonlashtirish ishlari, texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishi, hojatxona va stadionlarning sanitariya holati ham atroflicha o‘rganilib,aniqlangan holatlar yuzasidan navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul rahbarlarga deputatlik nazorati tartibida savollar kiritilishi belgilandi.O‘rganish natijalari navbatdagi sessiyada muhokama qilinadigan masalalarni sifatli tayyorlash hamda ta’lim muassasalarida yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 5