Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Samarqand viloyat hokimligida Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi o’tkazildi

Dastlab Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi X.Muxammadiyev o'tgan saylovlar to'g'risida axborotini tadim etdi.

Sessiya ishida O’zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunning 16/3-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Negmatov Shuhrat Hudayberdiyevich xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi raisi etib saylandi...

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar Harakati – O’zbekiston liberal demokratik partiyasi”dan saylangan 16 nafar, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan 14 nafar, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan 11 nafar, “Xalq demokratik partiyasi”dan saylangan 10 nafar va “O’zbekiston Ekologik partiyasi”dan saylangan 9 nafar deputatlardan iborat partiya guruhlari ro’yxatga olindi...

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasida navbatdagi masala sifatida viloyat hokimini tasdiqlash masalasi ko’rib chiqildi. 

Qonunchilikka ko’ra viloyat hokimi lavozimiga nomzod O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etiladi hamda ushbu nomzod bo’yicha partiya guruhlari bilan maslahatlashuv o’tkaziladi. 

Shu munosabat bilan viloyat hokimi lavozimiga nomzod bo’yicha partiya guruhlari bilan maslahatlashuv o’tkazish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi G.Mirzayev sessiya ishida ishtirok etdi. Maslahatlashuvda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Samarqand viloyati hokimi lavozimiga E.Turdimov nomzodi ko’rsatilganligi bildirildi. 

Nomzod deputatlarga hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqboliga mo’ljallangan o‘z dasturini taqdim etdi.

Nomzod bo’yicha partiyalar guruhlari ham o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi. 

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunning 2-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi qarori bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich nomzodi Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Slide 1 of 10