Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Qonun ijrosini o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat F.Axmedov, tuman hokimi maslahatchisi X.Akmalov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari F.Fayzulloyeva va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tuman Madaniyat bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.

🔺O‘rganish jarayonida bo‘lim va unga qarashli madaniyat muassasalarida ish yuritish hujjatlari, buyruqlar, qarorlar, xizmat yozishmalari hamda aholiga taqdim etilayotgan axborot materiallarining davlat tilida yuritilishi holati tahlil qilindi. Shuningdek, muassasalarda joylashtirilgan tashqi va ichki lavhalar, ko‘rsatkichlar, e’lonlar hamda targ‘ibot materiallarining davlat tili qoidalariga muvofiqligi ko‘rib chiqildi.

🔺Tahlil davomida madaniyat sohasida tashkil etilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, konsert dasturlari, ko‘rik-tanlovlar va boshqa ommaviy madaniy tadbirlarda davlat tilining qo‘llanish darajasiga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolar bilan muloqot qilish, murojaatlarni qabul qilish va ularga javob berish jarayonlarida davlat tilidan samarali foydalanish holati ham o‘rganildi.

🔺Deputat tomonidan madaniyat muassasalari rahbarlari va mas’ul xodimlar ishtirokida suhbat o‘tkazilib, davlat tili haqidagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish, rasmiy hujjatlarda adabiy til me’yorlarini saqlash, turli ko‘rinishdagi yozuvlarda imlo xatolariga yo‘l qo‘ymaslik hamda davlat tilining jamiyat hayotidagi nufuzini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.

🔺O‘rganish davomida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, ish yuritish jarayonlarini davlat tili talablari asosida yanada takomillashtirish, xodimlarning huquqiy va til madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6