Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
#sessiya Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiya kun tartibida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlarini ro‘yxatga olish, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash, 2024-yil 6-noyabrda qabul qilingan “Xo‘jametov Sobir Jabbarberganovichni Amudaryo tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risida”gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining farmoyishini tasdiqlash hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tuman va shahar Kengashlari qo‘shma majlisi Maslahat Kengashiga Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashidan nomzod tavsiya etish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi. 

Sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining “Xo‘jametov Sobir Jabbarberganovichni Amudaryo tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risida”gi farmoyishi Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari tomonidan tasdiqlandi. 

Shundan so‘ng Xo‘jametov Sobir Jabbarbeganovich Amudaryo tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha besh yillik dasturini o‘qib eshittirdi hamda dastur deputatlar tomonidan ma’qullandi.

Sessiya davomida kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shu bilan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi o‘z ishini yakunladi.

Slide 1 of 4