Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Quva tumani Kengashining ettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi o‘tkazildi

 Xalq deputatlari Quva tumani Kengashining ettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi o‘tkazildi   

Bugun ettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Quva tumani Kengashining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimining o‘rinbosari Qo‘ldashev
Burxonjon Xudoyberdievich ishtirok etdi.
   

Sessiya ishida dastlab, tuman saylov komissiyasi raisi Axrorjon Siddiqovning joriy yil 27 oktyabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi
axboroti tinglandi.
   

Shuningdek, sessiyada deputatlar partiya guruhlari ro‘yxatga olinib, tuman kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom
tasdiqlandi.
   

Sessiyada viloyat hokimining Quva tumani hokimini tayinlash to‘g‘risidagi qarorini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.   

Viloyat hokimining o‘rinbosari Qo‘ldashev Burxonjon Xudoyberdievich Quva tumani hokimini tayinlash to‘g‘risidagi viloyat hokimining qarorini o‘qib eshittirdi.   

Quva tumani hokimi lavozimiga nomzod Umarov Xalimjon Komilovich tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolga mo‘ljallangan dasturi taqdimot qilindi.   

Nomzod bo‘yicha deputatlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.   

Deputatlar tomonidan Quva tumani hokimi lavozimiga Umarov Xalimjon Komilovich nomzodi tasdiqlandi.  

Slide 1 of 3