Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi o‘tkazildi.

Unda dastlab tuman saylov komissiyasi raisi Alisher Ziyayevning joriy yil 27-oktabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

Shundan so‘ng xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, tuman Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.

Kun tartibida navatdagi masala sifatida viloyat hokimining tuman hokimini tayinlash to‘g‘risidagi qarorini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Sessiya ishida ishtirok etgan Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Akmal Mirzayev tuman hokimini tayinlash to‘g‘risida”gi viloyat hokimi qarorini o‘qib eshittirdi.

Tuman hokimi lavozimiga nomzod Komiljon Ernazarov tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolga mo‘ljallangan dasturi taqdimot qilindi.

Nomzod bo‘yicha deputatlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishib, Oqoltin tumani hokimi lavozimiga Ernazarov Komiljon Yuldashaliyevich nomzodi tasdiqlandi.

Slide 1 of 4