Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Mahallada ichki ko‘cha yo‘llari holati o‘rganildi.

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining 12-“Samarqand” saylov okrugi deputati “Adolat” SDP a’zosi G.Abdullayeva shahar kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Abdunazarov bilan “Samarqand” mahallasida ichki ko‘chalarni holati fuqarolarning murojaati asosida o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha 2025-yilning kuz oylarida “Samarqand” mahallasi “Turon berk” ko‘chasida “Shaxmatchi” qo‘rg‘oni yo‘nalishi bo‘yicha yangi kanalizatsiya tarmog‘i o‘tkazilib, asfalt qoplamasini ma’lum bir qismi buzilgan. Biroq, qurilish va montaj ishlari yakunlanganidan so‘ng pudratchi tashkilot tomonidan yo‘l qoplamasi avvalgi holatiga keltirilmadi. Buning oqibatida bugungi kunda mahalla aholisi katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Mahalla hududida piyodalar uchun maxsus yo‘lakcha mavjud emas. Fuqarolar murojaatnomasi asosida tegishli tashkilotlarga kanalizatsiya tizimi o‘tkazish davomida buzilgan yo‘l qoplamasini sifatli tarzda qayta tiklash va asfaltlash, mahalla hududida aholi (ayniqsa piyodalar va bolalar) xavfsizligini ta’minlash maqsadida zamonaviy piyodalar yo‘lakchasini barpo etish yuzasidan deputatlik so‘rovi bilan murojaat etiladi hamda ijrosi nazoratga olinadi.   

Slide 1 of 3