Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Deputatlar va ijro hokimiyati vakillari “Tashabbusli byudjet” loyihalari ijrosini o‘rganmoqda

Deputatlar va ijro hokimiyati vakillari “Tashabbusli byudjet” loyihalari ijrosini o‘rganmoqda

↗️ Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlari tomonidan tumanda amalga oshirilayotgan “Tashabbusli byudjet” loyihalari ijrosi ustidan Kengash nazoratini ta’minlash, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda qurilish-ta’mirlash ishlarining sifatini o‘rganish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

📁 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 31-martdagi III-27-27-14-202-K/26-son qaroriga muvofiq, “Ochiq byudjet” axborot portali orqali g‘olib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish va amalga oshirish bo‘yicha manzilli ro‘yxat tasdiqlangan. Mazkur qaror asosida jamoatchilik tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish uchun tuman hokimligi huzuridagi “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari yo‘naltirilgan.

🇺🇿 Shu munosabat bilan tuman Kengashi huzuridagi komissiya a’zolari tomonidan tuman ijro hokimiyati vakillari bilan hamkorlikda joylarda o‘rganishlar tashkil etilmoqda. Navbatdagi o‘rganishda tuman Kengashi raisi J.Ismanov, tuman hokimi B.Mamadjanov, deputatlar A.Usmanov va J.Karimovlar, tuman prokurori S.Muxtorov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Abilovlar ishtirok etdi.

🔼 O‘rganishlar davomida 2026-yil I-mavsum “Open budjet” loyihasida g‘olib deb topilgan 5-, 251- va 328-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari yuzasidan loyiha-smeta hujjatlari ko‘rib chiqildi hamda obyektlardagi mavjud holat o‘rganildi.

📈 Mas’ullar ishtirokida o‘tkazilgan muhokamalarda qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda, sifatli va amaldagi qurilish me’yorlari asosida amalga oshirish, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📈 Ta’kidlash joizki, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan “Tashabbusli byudjet” loyihalarining amalga oshirilishi ustidan muntazam nazorat olib borilmoqda. Deputatlar va tuman ijro hokimiyati vakillarining o‘zaro hamkorligi natijasida aholi tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar izchil hayotga tatbiq etilib, hududlardagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari bosqichma-bosqich yaxshilanmoqda.

✅ Kelgusida ham mazkur loyihalarning sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi deputatlar hamda mahalliy ijro hokimiyati organlarining doimiy e’tiborida bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 7