Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi

Mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov o‘ziga biriktirilgan deputat M.Juraqulova saylov okrugiga qarashli “Rabotak” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi tomonidan mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar hamda xotin-qizlar faoli tomonidan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, kasb-hunarga yo‘naltirish va rag‘batlantirish borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

Shu bilan birga, mahallada mavjud muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#A_Mamarajabov

Slide 1 of 4