Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
“Tuproqqo‘rg‘on” mahallasida "Yettilik" faoliyati va aholi muammolari tahlil qilindi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati D.Toshboyeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlarining (mahalla yettiligining) bugungi kundagi ish faoliyati yuzasidan mahalla raisi bilan atroflicha suhbat olib bordilar.

💬 Ushbu o‘rganish jarayoni va tizimli tahlillar bevosita:

🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni (mahallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish va mahallalarda davlat dasturlari ijrosini ta'minlashga oid talablar);

🟢Mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etildi.

💬 Suhbat davomida mahalla raisi yetakchiligida hududda davlat dasturlarining ijro etilishi, aholini qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

💬 Xususan:
🟢PF-209-sonli Farmon talablaridan kelib chiqib, "yettilik" vakillarining o‘zaro muvofiqlashgan holda xonadonbay ishlash holati;
🟢Mahallada aholi tomonidan kelib tushayotgan kundalik murojaatlarning ko‘rib chiqilishi va ularning joyida hal etilish darajasi;
🟢Ijtimoiy daftarlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning manzilliligi hamda samaradorligi;
🟢Hudud drayverlaridan foydalangan holda aholi bandligini ta’minlash ko‘rsatkichlari tahlil qilindi.

💬 Suhbat yakunida deputat tomonidan mahalla yettiligi faoliyatini yanada jonlantirish, aholi bilan doimiy va yaqin muloqotda bo‘lish, murojaatlarni hal etishda rasmiyatchilikka yo‘l qo‘ymaslik hamda ish samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.