Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Kengash_faoliyati


Bandixon tumanida aholi bilan ochiq muloqot qilish, fuqarolar murojaatlarini tinglash hamda ularning muammolariga amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda. Inson manfaatlari va xalq roziligini ta’minlash ustuvor vazifa sifatida e’tiborda bo‘lib, har bir murojaat alohida nazoratga olinmoqda.

Bandixon tumani hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Abdumalik Allamuradov tomonidan reja grafigiga muvofiq navbatdagi fuqarolar va tadbirkorlar qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida tumanning turli hududlaridan kelgan fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan batafsil suhbatlar olib borildi.

Murojaatlar asosan oqova suv tizimi, ijtimoiy soha, bandlik, kommunal xizmatlar hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlarga oid bo‘ldi. Jami 9 ta murojaat ko‘rib chiqilib, shundan 6 tasi qabul jarayonining o‘zida ijobiy hal etildi.

Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qiladigan masalalar bo‘yicha esa mutasaddi tashkilot rahbarlariga aniq vazifalar yuklatilib, ularni qonunchilik doirasida va belgilangan muddatlarda hal etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Bunday qabullar fuqarolar va tadbirkorlarning dard-u tashvishlarini bevosita eshitish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish hamda aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Bandixon tumanida har bir murojaat e’tiborda, har bir masala nazoratda. Fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash va ularning hayot sifatini yaxshilash yo‘lidagi ishlar davom etadi.

Slide 1 of 8