Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Hunarmand faoliyati qo‘llab-quvvatlanmoqda

Qo‘qon shahar “Oq oltin” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro A.Seliverstov tomonidan hunarmandchilik faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida ustaxona tashkil etish va faoliyat yuritishi uchun joy ajratishda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan murojaat qilindi.

Mazkur murojaatni o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda mas’ul xodimlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida fuqaro tomonidan hunarmandchilik yo‘nalishida tayyorlanayotgan ijodiy va amaliy buyumlar ko‘zdan kechirilib, ularning sifati va badiiy qiymati yuqori baholandi.

Muhokamalar yakunida hunarmand tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotlarni Qo‘qon shahar Art-rezidensiyasida namoyish etish hamda uning ustachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun tegishli joy ajratish masalasida kelishuvga erishildi.

Mazkur tashabbus hunarmandchilikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va milliy amaliy san’at namunalarini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4