Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Tuman Kengashi huzuridagi muvaqqat komissiyaning navbatdagi o‘rganishi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi huzuridagi Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha muvaqqat komissiya tomonidan tasdiqlangan ish rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganishdan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.09.2024 yidagi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi PF–143-son Farmoni hamda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–330-son qarori ijrosining tuman darajasida ta’minlanish holatini tahlil qilishdan iborat bo‘ldi.

O‘rganish davomiida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan aholini ish bilan ta’minlash, kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tumandagi bandlik va mehnat migratsiyasi jarayonlari, mavjud holat hamda ushbu yo‘nalishdagi vazifalar muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganishlar aholi turmush darajasini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlashga qaratilgan davlat dasturlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3