Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
#deputat_sorovi_ijrosi

Toyloq tumani Kengashi deputati Qobilov Abdullo Daminovning 2026-yil 10-apreldagi deputatlik so‘rovi yuzasidan Toyloq tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Unda “Olmazor” mahalla hududida maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud emasligi sababli aholida yuzaga kelayotgan muammolar ko‘tarilib, hududda yangi maktabgacha ta’lim muassasasi qurish taklifi ilgari surilgan.

O‘rganishlar natijasida aniqlanishicha, mazkur hududda davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud emasligi bois 3–6 yoshdagi 109 nafar bolalar 3–4 km uzoqlikdagi 9- va 40-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnab kelmoqda.

Mazkur holatni inobatga olib, PQ-393-sonli qarorga muvofiq hududda 120 o‘rinli zamonaviy davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurish bo‘yicha taklif kiritilgan bo‘lib, hozirda loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilayotganligi ma’lum qilinadi.

🌐 t.me/Toyloq_tuman_Kengashi