Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

XUSUSIY MULK — QONUN HIMOYASIDA

XUSUSIY MULK — QONUN HIMOYASIDA

Oʻzbekiston Respublikasining
“Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq:

🫥 Xususiy mulk daxlsizdir va davlat himoyasidadir
🫥 Mulkdor oʻz mol-mulkiga erkin egalik qiladi, undan foydalanadi va tasarruf etadi
🫥 Hech kim qonunda belgilangan tartibdan tashqari mulkidan mahrum etilishi mumkin emas
🫥 Mulkdorning buzilgan huquqlari sud orqali tiklanadi
🫥 Xususiy mulkka noqonuniy aralashuv va tajovuz qilish taqiqlanadi
🫥 Yer uchastkasi yoki koʻchmas mulk davlat ehtiyoji uchun olib qoʻyilganda zararning oʻrni toʻliq qoplanishi shart

Shuningdek, qonunga koʻra:

🔹 Mulkdor davlat organlari qarorlari ustidan sudga murojaat qilish ҳуқуқiga ega
🔹 Xususiylashtirish natijalari qayta koʻrib chiqilmaydi
🔹 Davlat barcha mulkdorlar uchun teng huquq va kafolatlarni taʼminlaydi

🫥 Xususiy mulk huquqlarini himoya qilish — qonun ustuvorligi va iqtisodiy barqarorlikning muhim kafolatidir.