Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Tibbiy xizmat sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Mannobov tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasida tibbiy xizmat sifati, yaratilgan shart-sharoitlar hamda sohada raqamlashtirish holati o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida poliklinika va bo‘limlarda bemorlar uchun yaratilgan qulayliklar, shifokorlar faoliyati, navbatlarni tashkil etish tizimi, dori-darmon ta’minoti hamda elektron tibbiy xizmatlarni joriy etish ishlariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tibbiy kartalarni raqamlashtirish, elektron navbat tizimi, onlayn ro‘yxatga olish va elektron ma’lumotlar bazasidan foydalanish holati yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi.

🔺O‘rganish yakunida sohadagi tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish muhimligi qayd etildi.

Slide 1 of 2