Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ҳунармандлар фаолияти ўрганилди.
янв.21
Ғозғон шаҳрида Сенат қарор ижроси ўрганилди.
янв.21
Замонавий шифохона қурилиши жараёнлари ўрганилди.
янв.21
Депутатлар ташаббуси билан йўллар асфальтлаштирилди.
янв.21
Mahallalar uyushmasi va hokim yordamchilari faoliyati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida hisobot tinglandi
янв.21
Shayxon MFYda asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
TUMAR MAHALLASIDA YANGI DEHQON BOZORI QURILISHI JADAL SUR’ATLARDA DAVOM ETMOQDA
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan ishlash holati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI G‘OZG‘ON SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI YIGIRMANCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashiga O‘zLiDeP partiyasidan 15-Nodira saylov okrugidan saylangan deputat Murodov Yusuf Hamroyevich tomonidan "Yangiariq" mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar atroflicha o‘rganildi.
O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, mahallada jami 37 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan bo‘lib, shundan 6 nafari bugungi kunda doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi. Shu билан birga, hududda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida jami 628 million so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi.
Deputat tomonidan ushbu kredit mablag‘larining maqsadli sarflanishi ham ko‘zdan kechirildi. Xususan, fuqaro Qodirov Shahzod G‘oyibnazarovichga ajratilgan 50 million so‘mlik imtiyozli kredit evaziga bugungi kunda 2500 ta bedona parvarishlanmoqda. Mazkur tadbirkorlik faoliyati orqali fuqaroning bandligi to‘liq ta’minlanib, oilaviy daromad manbai yaratildi.
Bu kabi amaliy ishlar mahalladagi har bir xonadonning farovonligini oshirish va aholini daromadli mehnatga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 4