Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Замонавий шифохона қурилиши жараёнлари ўрганилди.
янв.21
Ғозғон шаҳрида Сенат қарор ижроси ўрганилди.
янв.21
Ҳунармандлар фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутатлар ташаббуси билан йўллар асфальтлаштирилди.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida hisobot tinglandi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan ishlash holati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI G‘OZG‘ON SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI YIGIRMANCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyati bo‘yicha tajriba almashildi
янв.21
YOSHLAR BILAN UCHRASHUV
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYA HOLATI O'RGANILDI
"KAMBAG'ALLIKDAN FAROVONLIK SARI" DASTURI AMALDA

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi, deputat P.Ro'ziboyev hamda mahalla deputati X.Karimovalar Kambag'allikdan farovonlik sari dasturi doirasida shahardagi "Xamjixatlik" mahallasidagi bir guruh extiyojmand oilalar vakillari bilan uchrashdi. 

Uchrashuv davomida dastur doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, xususan, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning daromad manbalarini yaratish va bandligini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

 Fuqarolar bilan suhbat jarayonida Kengash raisi, deputat P.Ro'ziboyev har bir oilaning yashash sharoiti, muammolari va takliflarini yakka tartibda tingladi. Muloqot davomida asosan quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi: 

· Tadbirkorlikka yo‘naltirish: O‘z xonadonida kichik biznes yoki hunarmandchilikni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan fuqarolarga imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratish tartibi tushuntirildi; 

· Bandlikni ta’minlash: Ishsiz oila a’zolarini mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish hamda zamonaviy kasb-hunarlarga qayta o‘qitish bo‘yicha aniq choralar belgilandi; 

Ijtimoiy yordam: Tibbiy xizmatga muhtoj, nogironligi bor yoki uy-joy sharoitini yaxshilashni so‘rab murojaat qilgan oilalarning masalalari joyida o‘rganilib, ijrosi nazoratga olindi.
Uchrashuv yakunida Kengash raisi shunchaki moddiy yordam berish emas, balki oilalarni "oyoqqa turg‘azish", ularning o‘z daromadlariga ega bo‘lishi uchun sharoit yaratish asosiy maqsad ekanligini ta’kidladi. Aniqlangan muammolar yechimi bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari
yuborilishi va har bir murojaat natijasi shaxsan nazorat qilinishi belgilab olindi.
 

Slide 1 of 3