Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Замонавий шифохона қурилиши жараёнлари ўрганилди.
янв.21
Ғозғон шаҳрида Сенат қарор ижроси ўрганилди.
янв.21
Ҳунармандлар фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутатлар ташаббуси билан йўллар асфальтлаштирилди.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida hisobot tinglandi
янв.21
Shayxon MFYda asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahallalar uyushmasi va hokim yordamchilari faoliyati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
TUMAR MAHALLASIDA YANGI DEHQON BOZORI QURILISHI JADAL SUR’ATLARDA DAVOM ETMOQDA
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan ishlash holati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI G‘OZG‘ON SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI YIGIRMANCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
#oila_kuni
#oila_kuni

Zarmed Buxoro kampusida Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Oilalar mustahkamligini kafolatlaymiz” nomli ma’naviy-ma’rifiy aksiya o‘tkazildi. Tashabbus O‘zbekiston “Adolat” SDP tomonidan ilgari surilib, tadbirni xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati K. Yodgorova boshqarib bordi.

Uchrashuv davomida oila institutining jamiyat hayotidagi o‘rni, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va yosh avlodni sog‘lom ma’naviy muhitda tarbiyalash masalalari atrofida fikr almashildi. Ishtirokchilar bugungi kunda oilalarni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar va yoshlar huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati haqida ham to‘xtaldilar.

Tadbir doirasida oilaviy totuvlikni mustahkamlash, o‘zaro hurmat va mehr-oqibatni kuchaytirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi. Aksiya ishtirokchilarda oila muqaddasligi va uning jamiyat barqarorligidagi o‘rni haqidagi qarashlarni yanada mustahkamladi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 4