Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ҳунармандлар фаолияти ўрганилди.
янв.21
Ғозғон шаҳрида Сенат қарор ижроси ўрганилди.
янв.21
Замонавий шифохона қурилиши жараёнлари ўрганилди.
янв.21
Депутатлар ташаббуси билан йўллар асфальтлаштирилди.
янв.21
Shayxon MFYda asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida hisobot tinglandi
янв.21
Mahallalar uyushmasi va hokim yordamchilari faoliyati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
TUMAR MAHALLASIDA YANGI DEHQON BOZORI QURILISHI JADAL SUR’ATLARDA DAVOM ETMOQDA
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan ishlash holati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI G‘OZG‘ON SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI YIGIRMANCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

 SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati, tuman hokimi X.Umarov tomonidan aholi
murojaatlariga yechim topish, ularni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish
va bartaraf etishga qaratilgan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. 

Mazkur qabulda Kengash kotibiyati mudiri R.Nodirov, shuningdek, tegishli bo‘lim va
tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, fuqarolar tomonidan bildirilgan
murojaatlar tinglandi. 

Qabul jarayonida aholi tomonidan kommunal xizmatlar, yer ajratish, ish bilan
ta’minlash, ijtimoiy yordam va infratuzilma masalalariga doir bir qator
murojaatlar ko‘tarildi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni qonuniy
hal etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar
joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar
ijroga yo‘naltirildi. 

Shu bilan birga, mutasaddilarga murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, aholi bilan
muloqotda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, har bir murojaat ortida inson
manfaati turganini unutmaslik zarurligi alohida ta’kidlandi.  

Slide 1 of 2