Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ҳунармандлар фаолияти ўрганилди.
янв.21
Ғозғон шаҳрида Сенат қарор ижроси ўрганилди.
янв.21
Замонавий шифохона қурилиши жараёнлари ўрганилди.
янв.21
Депутатлар ташаббуси билан йўллар асфальтлаштирилди.
янв.21
Mahallalar uyushmasi va hokim yordamchilari faoliyati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida hisobot tinglandi
янв.21
Shayxon MFYda asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
TUMAR MAHALLASIDA YANGI DEHQON BOZORI QURILISHI JADAL SUR’ATLARDA DAVOM ETMOQDA
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan ishlash holati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI G‘OZG‘ON SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI YIGIRMANCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Tashabbusli budjetning 1-mavsumi yakunlandi

Tashabbusli budjetning 

1-mavsumi yakunlandi

2026 yilning 1-mavsumi doirasida “Tashabbusli budjet” jarayonlari viloyatimizda faol va uyushqoqlik bilan o‘tkazildi. Xususan, joriy mavsumda jami 1 532 ta taklif “Ochiq budjet” axborot portali orqali ilgari surildi. Bu esa aholining o‘z yashash muhitiga daxldor masalalarda befarq emasligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Jarayonga viloyatdagi barcha 754 ta mahalla fuqarolar yig‘ini to‘liq qamrab olindi. Har bir mahallada o‘rtacha 3 tadan taklif kiritilgani tashabbuslar ko‘lamining kengligidan dalolat beradi.

Ovoz berish bosqichida ham fuqarolarning faol ishtiroki kuzatildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, umumiy qiymati 230,6 milliard so‘m bo‘lgan 157 ta loyiha g‘olib deb topildi.

Eng muhimi, fuqarolarning taklif va tashabbuslari orqali mahallalardagi muammolar manzilli hal etilib, aholi turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qilmoqda.