Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ғозғон шаҳрида Сенат қарор ижроси ўрганилди.
янв.21
Замонавий шифохона қурилиши жараёнлари ўрганилди.
янв.21
Ҳунармандлар фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутатлар ташаббуси билан йўллар асфальтлаштирилди.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida hisobot tinglandi
янв.21
Shayxon MFYda asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahallalar uyushmasi va hokim yordamchilari faoliyati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
TUMAR MAHALLASIDA YANGI DEHQON BOZORI QURILISHI JADAL SUR’ATLARDA DAVOM ETMOQDA
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan ishlash holati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI G‘OZG‘ON SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI YIGIRMANCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umaxodjayeva boshchiligida tuman Kengashi deputatlari D.Raxmatullayev va A.Xasanovlar tumandagi "Axil" MFY hududida joylashgan 315-sonli umumta’lim maktabga tashrif buyurdilar.

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umaxodjayeva boshchiligida tuman Kengashi deputatlari D.Raxmatullayev va A.Xasanovlar tumandagi "Axil" MFY hududida joylashgan 315-sonli umumta’lim maktabga tashrif buyurdilar.

 Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ta’lim muassasasida mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rganish, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirish hamda kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.

O‘rganish jarayonida maktab hududining umumiy holati atroflicha ko‘zdan kechirildi hamda bir qator dolzarb masalalar mavjudligi aniqlandi. Jumladan:

— maktab hududi to‘liq va zamonaviy talablar asosida devor bilan o‘ralmaganligi sababli o‘quvchilarning xavfsizligini ta’minlash masalasi dolzarbligi;

— ta’lim muassasasi hududiga videokuzatuv kameralarini o‘rnatish zaruriyati mavjudligi, bu esa o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash va tartib-intizomni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Deputatlar tomonidan mazkur masalalarni ijobiy hal etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputat so`rovi chiqarilib hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish, ushbu muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda masalani doimiy deputatlik nazoratiga olish lozimligi qayd etildi.

Mazkur tashrif natijasida aniqlangan muammolarni hal etish orqali maktabda ta’lim sifati va o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, ular uchun yanada qulay va zamonaviy shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Slide 1 of 6