Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Замонавий шифохона қурилиши жараёнлари ўрганилди.
янв.21
Ғозғон шаҳрида Сенат қарор ижроси ўрганилди.
янв.21
Ҳунармандлар фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутатлар ташаббуси билан йўллар асфальтлаштирилди.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida hisobot tinglandi
янв.21
Shayxon MFYda asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahallalar uyushmasi va hokim yordamchilari faoliyati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
TUMAR MAHALLASIDA YANGI DEHQON BOZORI QURILISHI JADAL SUR’ATLARDA DAVOM ETMOQDA
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan ishlash holati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI G‘OZG‘ON SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI YIGIRMANCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani tajribasi asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita” hamda uning doirasida tumanda ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan kichik dasturda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tizimli o‘rganishlar olib borilmoqda.

✅ Mazkur “Yo‘l xarita”ning 15-bandida nazarda tutilgan aholini ommaviy sportga jalb qilish darajasini oshirish, shuningdek, 16-bandida belgilangan yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzi va sport bilan shug‘ullanishni keng targ‘ib etish maqsadida tuman Kengashi deputati Salohiddin Kuldashov tomonidan “Markaz” mahallasida yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi.

✅ Ushbu musobaqalarda 50 nafarga yaqin yoshlar faol ishtirok etib, o‘zaro bellashuvlar orqali g‘oliblik uchun kuch sinashdilar. Musobaqa jarayonlari yuqori ruhda, sportga xos halollik va raqobat tamoyillari asosida o‘tdi.

🏆 Yakunda deputat tomonidan g‘olib va sovrindor yoshlarga medal hamda kuboklar tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur tadbir yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5