Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga muvofiq, 4-Eskijuma saylov okrugiga qarashli “Eskijuma ” mahallasining Do'lta qishlog'ida o‘tkazilgan uchrashuvda saylovchilar tomonidan bir qator muammoli masalalar yuzasidan “Eskijuma” mahallasi ko‘chalarida ahvol talab darajasida emasligi, yomg‘irli kunlarda aholi uchun noqulay holatlarni yuzaga keltirayotganligi sababli ushbu ko‘chalarga asfalt qoplamasi yotqizish yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga deputatlik so'rovi yuborildi.