#24_yonalish
Deputat nazoratida: Mahallada xotin-qizlar bandligi.
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Nurmanova Xo‘jaobod mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan amaliy ishlar alohida e’tirof etildi. Jumladan, bir nafar ayolning uy sharoitida bandligi yo‘lga qo‘yilib, u tomonidan ko‘rpacha va ko‘rpa tikish faoliyati tashkil etilgan.
Deputat tomonidan bu kabi amaliy ishlar xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va mahallada ijtimoiy-iqtisodiy muhitni yaxshilashda muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61576423646308)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)