Янгиликлар

Prezident qarori ijrosi deputat nazoratida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.12.2024-yildagi PQ-454-sonli “2025-2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining Beruniy tumanida ijrosi nazoratga olindi.

Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Kadirov hamda tuman Kengashi deputati Q.Babadjanov Beruniy OFYdagi 22-sonli o‘rta maktabni rekonstruksiya qilish ishlari bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida maktabning texnik holati, kirish yo‘laklari, tom qismi, muhandislik kommunikatsiyalari hamda maktab hududini obodonlashtirish darajasiga alohida e’tibor qaratildi. Qurilish-ta’mirlash ishlari jadvalga muvofiqligi va ishlatilayotgan materiallarning davlat standartlariga mosligi alohida qayd etildi.

Slide 1 of 3