Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
DEPUTAT NAZORATI

Joriy yilning 18-mart kuni xalq deputatlari shahar Kengashiga 12-Jasorat saylov okrugidan saylangan deputat D.Bahranova va shahar Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi M.Xudayberdiyevalar tomonidan Geolоg mahallasi hokim yordamchisi hamda xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi. O‘rganish natijasida Geolоg mahallasida hokim yordamchasi tomonidan 10 ta kambag‘al oilaning 2 nafari doimiy ishga joylashtirilganligi, 2 ta kambag‘al oilaga kredit olib berilganligi, 1 ta kambag‘al oila tadbirkorlikka yo‘naltirilganligi, xotin- qizlar faoli tomonidan mahalladagi 4500 nafardan ortiq xotin –qizlar “Ayollar daftari”ga kiritilishi uchun xatlovdan o‘tkazilganligi, ajrim yoqasidagi 3 ta oila yarashtirilganligi aniqlandi.Deputat tomonidan hokim yordamchisiga Geolоg mahallasining ishsiz fuqarolarini bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan fuqarolarga ko‘maklashish, kambag‘al oilalar restiriga kiritilgan oilalarni kambag‘allikdan chiqarish choralarini yanada jadallashtirish hamda xotin-qizlar faoliga xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4