Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

 Avval xabar qilinganidek, tuman Kengashi deputati Muattar Mirzajonova tomonidan Boyovut tumani “Bunyodkor” mahallasida joylashgan bolalar o‘yingohi hududidagi muammo yuzasidan deputat so‘rovi yuborilgan edi.

Mazkur so‘rov ijrosi yuzasidan bugun tuman hokimi o‘rinbosari Avazbek Alashukurov, tuman deputati, kotibiyat mudiri hamda mutaxassislar ishtirokida muammoni joyida atroflicha o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida o‘yingoh hududida yog‘ingarchilik natijasida suv to‘planib qolayotgani, bu esa bolalar va yoshlar uchun noqulaylik tug‘dirayotgani yana bir bor ko‘zdan kechirildi.

Tuman hokimi o‘rinbosari tomonidan mazkur sport maydonchasini ta’mirlash, hududni obodonlashtirish hamda zamonaviy workout va boshqa sport uskunalari bilan jihozlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilishi ta’kidlandi.

Mazkur masala ijrosi doimiy nazoratga olinib, belgilangan ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ta’minlanadi.

Slide 1 of 7