Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

O‘rganish jarayonida 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda 2026-yilda rejalashtirilgan va ayni paytda amalga oshirilayotgan tadbirlar tahlil qilindi. Xususan, yoshlarni bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar alohida ko‘rib chiqildi.

Xususan,

Mahallada jami yoshlar 1679 ta, shundan:

🙍🏻‍♂️ Erkaklar 840 ta

🙍🏻‍♀️ Ayollar 829 ta

🔮 Nogironlar soni 77 ta

👨‍🦯Ijtimoiy himoya muhtoj yoshlar 90 ta

🏃 Ishsizlar soni 47 ta

✅ Shundan: 10 tasi doimiy ishga joylashtirildi. 

🔫 4 nafar yosh muddatli harbiy xizmatga jo‘natildi.

💻 8 ta yoshga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar olib berilib bandligi taʼminlandi.

👤 3 nafar yosh o‘z sohasi bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilindi.

3 nafar yoshga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kredit ajratildi.

Besh tashabbus olimpiadasida 2025-yilda 900 nafar yosh qamrab olindi. Ulardan 3 nafar yosh respublika bosqichida ishtirok etdi. Ularning bir nafari para stol tennisida respublika bosqichida 1 o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2 nafari esa Navoiy viloyatida bo‘lib o‘tgan sportning shashka yo‘nalishida respublika bosqichida ishtirok etib kelishdi.

Shuningdek, mavjud muammolar yuzasidan fikr almashilib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 5