DEPUTATLARNING SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVI
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 6-Navbur-Dehqonariq saylov okrugi deputati, M.Madarqulov tomonidan “Dehqonariq” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi hamda saylovchilarning muammolarini o‘rgandi.
Yuzma-yuz muloqot, erkin fikr almashinuvi va saylovchilarni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi belgilanib ijrosi ta’minlanishi belgilab olindi.
Ushbu uchrashuv davomida fuqarolarning qiynayotgan bir qator muammolari va takliflari tinglandi. Bir nechta ijtimoiy himoya muhtoj fuqarolarning muammolari ijobiy hal etilib, qolgan fuqarolarning taklif va muammolarini chuqur o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish uchun tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlariga deputatlik
so‘rovlari yuborilishi ma’lum qilindi.