Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Maktablar kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Joriy yilning 27-sentyabr kuni Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashining navbatdagi 18-sessiyasi kun tartibida tumandagi ijtimoiy soha obyektlarini, shu jumladan maktabgacha va maktab ta’limi tasarrufidagi binolar, sog‘liqni saqlash muassasalari, madaniyat va sport obyektlarini kuz-qish mavsumini talafotsiz o‘tkazish yuzasidan manzilli tadbirlarni belgilash hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari yuman Kengashi deputati S.Lyu tomonidan Terakzor mahallasidagi 10-sonli umumta’lim maktabida hamda 26-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlarini olib bordi.

Deputat mahalladagi maktab va maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishib, kuz-qish mavsumida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan isitish tizimlari va ularning saqlanish holatini joyida ko‘zdan kechirdi.

Slide 1 of 8