SOG‘LOM OVQATLANTIRISH TIZIMINI О‘RGANISH BО‘YICHA ISHCHI GURUH FAOLIYATI YО‘LGA QО‘YILDI
Kattaqо‘rg‘on tumani maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish tizimini tashkil etish jarayonlarini chuqur о‘rganish maqsadida ishchi guruh tarkibi tuzildi.
Mazkur ishchi guruhga Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati rahbarligida Xalq deputatlari Kattaqо‘rg‘on tumani Kengashi deputatlari, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik bo‘limi, Maktabgacha va maktab ta’limi, Xalq deputatlari Kattaqо‘rg‘on tumani Kengashi qoshidagi Ekspert guruh vakillari hamda jamoatchilik a’zolari jalb etildi.
Ishchi guruhning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Autsorsing asosida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarning ish jarayonini о‘rganish;
Taomnomalar sifati, gigiyena qoidalariga rioya etilishi, ovqat tayyorlash sharoitlarini tahlil qilish;
Bolalarning sog‘lom ovqatlanishi, vitamin va kaloriya meyorlariga amal qilinishini tekshirish;
Mavjud muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish bо‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Ishchi guruh tomonidan о‘tkaziladigan о‘rganishlar natijasida ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish, bolalar salomatligini mustahkamlash hamda ota-onalar ishonchini oshirishga xizmat qiluvchi amaliy chora-tadbirlar belgilanadi.
Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi — tarbiyalanuvchilarga tо‘yimli, xavfsiz va sifatli taomlarni taqdim etish orqali ularning sog‘lom о‘sishiga, о‘qishga bо‘lgan qiziqishi va samaradorligini oshirishga kо‘maklashishdir.
https://t.me/kattaqurgontumankengashi