Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Jomboy tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan maishiy chiqindilarning olib ketilishi holati o‘rganildi

 Jomboy tumanida Xalq
deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan aholi punktlarida maishiy
chiqindilarni yig‘ish va olib ketish tizimi, shuningdek, sanitariya holatini
yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. 

Deputatlar
tomonidan mahallalarda chiqindilar to‘planadigan joylar, maxsus transport
vositalarining faoliyati hamda xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar ish sifati joyida
ko‘zdan kechirildi. 

O‘rganish
jarayonida ayrim hududlarda chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketishdagi
uzilishlar, to‘plash punktlarining yetishmasligi va maxsus texnika kamligi kabi
muammolar aniqlanib, ular bo‘yicha tegishli tashkilotlarga aniq tavsiyalar
berildi. 

Deputatlar
tomonidan aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish, chiqindilarni saralash
madaniyatini shakllantirish hamda tuman bo‘yicha tozalikni ta’minlash bo‘yicha
targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.  

Slide 1 of 6