Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Tozalik oyligi — shaharda nazorat davom etmoqda

6-"Mustaqillik" saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari shahar Kengashi deputati M.Qodirov, G'ozg'on shahar Prokurori Sh. G’afforov boshchiligidagi ishchi guruh, hamda shahar Ekologiya bo'limi rahbarligida shahardagi noqonuniy chiqindixonalarni aniqlash maqsadida joyiga chiqib, holatni o'rganishdi.

Tashrif davomida:

Noqonuniy chiqindixonalar joylashuvi va atrof-muhitga bo'lgan xavf tahlil qilindi;

 Chiqindilarni to'plash va qayta ishlash bo'yicha amaliy choralar ko'rish lozimligi qayd etildi;

 Mas’ul shaxslar va tashkilotlarga chiqindilarni belgilangan joylarga olib chiqish, axborot-targ'ibot ishlarini kuchaytirish hamda huquqiy talablarni ijro etish bo'yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 5