Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
“KORRUPSIYA – TARAQQIYOT KUSHANDASI”

 Keyingi yillarda mamlakatimizda shaffoflikni ta’minlash, davlat boshqaruvida oshkoralikni kuchaytirish hamda jamiyatda korrupsiyaga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada barcha darajadagi davlat organlari, jamoat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari hamjihatlikda faoliyat yuritmoqda. 

Shu maqsadda joriy yilning sentyabr oyida Oltinsoy tumani prokuraturasi binosida "Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi" mavzusida keng qamrovli uchrashuv tashkil etildi. Mazkur tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abdulxakim Eshboyev, Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputatlari A.Oripov, M.Xujanov hamda A.Mamatmurotovlar ishtirok etdilar. 

Uchrashuvda tuman prokuraturasi, ichki ishlar bo‘limi, Majburiy ijro byurosi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Kadastr agentligi, tuman tibbiyot birlashmasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. 

Muloqot chog‘ida hududda korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, davlat organlari faoliyatida shaffoflikni ta’minlash, davlat xizmatchilarining mas’uliyatini oshirish, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari ham muhokama qilindi. Tadbir yakunida ishtirokchilar
tomonidan korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan asosiy omillardan biri ekani, u davlat va jamiyat rivojiga, xalq farovonligiga jiddiy
tahdid solishi ta’kidlandi. Shu bois, unga qarshi kurashish har bir fuqaro, har bir rahbar va tashkilot zimmasidagi muhim vazifa ekani alohida urg‘ulandi. Eng muhimi, korrupsiya – muqarrar jazoga olib kelishi aniq va so‘zsiz ekani ta’kidlandi.
 

Slide 1 of 11