Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
“KORRUPSIYA TARAQQIYOT KUSHANDASI” SHIORI OSTIDA TARG‘IBOT TADBIRLARI TASHKIL ETILDI

 2025-yil 26-sentyabr kuni Oltinsoy tumanida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida navbatdagi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Abdulhakim To‘laganovich Eshboyev, Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputatlari A.Oripov, M.Xujanov, A.Mamatmuratovlari ishtirok etdi. 

Mazkur uchrashuv Tuman tibbiyot birlashmasi va “Olmazor” mahallasida joylashgan 60-sonli oilaviy shifokorlik punktida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari bilan o‘tkazildi. Uchrashuvda korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oqibatlari, jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri hamda sog‘liqni saqlash tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli holatlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. 

Deputatlar tomonidan aholi o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, davlat va jamiyat hayotida shaffoflikni ta’minlash, tibbiyot sohasida halollik mezonlariga rioya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, qabul qilinayotgan qonunlar va qonun osti hujjatlari mazmun-mohiyati keng yoritib berildi. 

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari bilan ochiq muloqot shaklida suhbatlar o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Korrupsiyaning oldini olishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish muhimligi alohida ta’kidlandi. 

Targ‘ibot tadbirida ishtirok etgan tibbiyot xodimlari ushbu uchrashuvning ahamiyati katta ekanini ta’kidlab, bu kabi ochiq muloqotlar tizimli ravishda tashkil etilishi zarurligini qayd etdilar.  

Slide 1 of 10