Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
"Xotin-qizlarning siyosiy subyektivligini kuchaytirish: Huquqiy va institutsional yondashuvlar"

Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 80-yubiley sessiyasidagi nutqlari yana bir bor Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi yangi qiyofasini – ochiqlik, adolat va barqaror taraqqiyotga intilgan demokratik davlat sifatida namoyon etdi.

Davlatimiz rahbarining gender tengligi, inson huquqlari va ijtimoiy adolat masalalariga doir ilgari surgan tashabbuslari nafaqat milliy darajada, balki global miqyosda ham katta ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, ayollarni ijtimoiy-siyosiy hayotga keng jalb qilish, ularning huquqiy maqomini mustahkamlash va siyosiy jarayonlarda faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan yondashuv – bu Oʻzbekistonning demokratik legitimlikni chuqurlashtirish va inklyuziv siyosiy tizim barpo etish yoʻlidagi qat’iy irodasining ifodasidir.

Prezidentimizning gender tengligi boʻyicha bildirgan qat’iy pozitsiyasi – bu nafaqat ichki islohotlarning strategik tarkibiy qismi, balki xalqaro maydonda mamlakatimizning siyosiy imiji va “soft power”ini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Biz, mahalliy Kengash deputatlari, ushbu global tashabbuslarni joylarda izchil amalga oshirish, xotin-qizlarning siyosiy subyektivligini kuchaytirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish orqali Prezidentimiz belgilagan strategik vazifalarni roʻyobga chiqarishga mas’ulmiz.

Shuni gʻurur bilan ta’kidlashni istardimki, Prezidentimizning bunday yuksak siyosiy mas’uliyat va global miqyosdagi yetakchilik fazilatlari xalqimizni ruhlantiribgina qolmay, biz deputatlar zimmasiga ham yanada katta sharafli mas’uliyat yuklamoqda.

Slide 1 of 1